"Barselona" muxlislari uchun xushxabar

  • 10 aprel, 19:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Kataloniya klubi rahbariyati vakillari agent Pini Zaxavi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu uchrashuv germaniyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarning boshlanishiga asos bo‘ldi.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbarlarining maqsadi yaqin haftalar ichida shartnomani uzaytirishdan iborat. "Barselona" Flikning natijalaridan juda mamnun va hatto mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlansa ham u bilan yangi kelishuvni imzolashni xohlayapti.

Shu bilan birga, yangi shartnoma katta ehtimol bilan uzoq muddatli bo‘lmaydi. Shartnoma yana bir yilga - 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirilishi va unga keyinchalik yana uzaytirish imkoniyati kiritilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, "Barselona" hozirda La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Chorshanba kuni jamoa Chempionlar ligasining chorak finali dastlabki bahsida "Borussiya Dortmund"ni 4:0 hisobi bilan mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!