
“Barselona” muxlislari uchun xushxabar!
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
“Muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Gavi va uning agenti bilan kelishuv ijobiy yakunlanganidan mamnunman. Tez orada buni e’lon qilamiz”, - deya Laportaning so‘zlarini keltirgan jurnalist Fabritsio Romano.
2021/22 yilgi mavsumda Gavi “Barselona”ning barcha musobaqalar doirasidagi 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq ispan klubi 17 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.
Fikrlar