
"Barselona" muxlislari Lamin Yamalni jarohatlagan futbolchini keskin tanqid qilishmoqda
La Liganing 17-turi doirasida "Barselona" o‘z uyida "Leganes"ga qarshi uchrashuvda sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi.
Mazkur bahsda kataloniyaliklar safida harakat qilgan Lamin Yamalga nisbatan mehmonlarning bir nechta futbolchilari qo‘pol o‘ynashdi. Natijada ispaniyalik vunderkind uchrashuvni jarohat sababli to‘liq o‘tkaza olmadi. Bahsdan so‘ng Yamalning 3-4 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Bu holatdan albatta "Ko‘k-anorranglilar" muxlislari ranjishdi. Ishqibozlar Laminni jarohatlagan futbolchi Ivan Neuning ijtimoiy tarmoq sahifasidagi izohlar bo‘limida uni turli xil haqoratomus so‘zlar bilan siylashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi keyingi turda "Atletiko"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar