
"Barselona" muxlislari jazolanishi kerak!" - Vinisius sudda ishtirok etdi
Vinisius Junior "Barselona" muxlislarini irqchilik harakatlari uchun jazolanishini qat’iy talab qilmoqda.
"La Razon" nashrining ma’lum qilishicha, payshanba kuni "Real" hujumchisi videoaloqa orqali sud majlisida ishtirok etdi. U 2023 yil oktyabr oyida "Barsa" stadionida kamsituvchi harakatlarga duchor bo‘lganini tasdiqladi va ish ko‘rib chiqilishini davom ettirishni so‘radi.
"Olimpik Lyuis Kompanis"dagi videokameralar yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmalari braziliyalikka nisbatan haqoratli so‘zlarni aytgan "Barselona"ning uchta muxlisini aniqlashga yordam berdi. Ulardan biri o‘sha paytda voyaga etmagan edi.
Ish qo‘zg‘atildi, ikki muxlis sud majlisiga javobgar sifatida chaqirtirildi. Biroq, ularning ikkalasi ham voqeaga aloqadorligini inkor etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Barselona prokuraturasi, Milliy professional futbol ligasi va "Real" ham bu ishda ishtirok etmoqda.
Fikrlar