
"Barselona" murabbiyi kechagi bahs haqida gapirdi
Xansi-Diter Flik "Barselona"ning "Monako"ga qarshi o‘yinidan (0:3) norozi.
- Biz birinchi daqiqalarda yaxshi o‘ynadik, juda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Ammo, umuman olganda, bugun bizga nazorat, ishonch, tezlik va to‘p uzatishda aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo‘limda xatolarimizni to‘g‘rilay olmadik.
"Valensiya"ga qarshi butunlay boshqacha o‘ynaymiz. Bugun nimalarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri qilganimizni tahlil qilib, keyingi mashg‘ulotlarda uning ustida ishlashimiz mumkin, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "Blaugrana" jamoasi 12 yil ichida birinchi bor "Gamper" kubogida raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar