
"Barselona" Morata transferida yana bir muammoga duch keldi
"Barselona" qishda "Yuventus" hujumchisi Alvaro Moratani sotib olish variantidan voz kechmadi.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, forvardning huquqlariga egalik qilayotgan "Atletiko" va "Yuventus" Morataning ketishiga qarshilik kilmayapti.
Shunday bo‘lsa-da, Kataloniya klubiga La Liganing feyr-pley qoidalari to‘siq bo‘ladi. Jamoa hozircha Morataning maoshini qoplay olmaydi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik goleador joriy mavsum jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar