
“Barselona” Messini baribir ketkazmaydi
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu aslida nega Lionel Messining ketishiga yo‘l qo‘ymaganini izohladi.
- Messining shartnomasi bor. Yangi g‘oyamiz aynan Leoning atrofida yangi loyihani ishga tushirish edi. Meni uni sotib, moliyaviy imkoniyatimizni yaxshilab olishda ayblashdi. Men bunga javob bermadim.
Leo – jamoa sardori. Men uni yaxshi tushunaman. Messi uchun shartnomani bir tomonlama bekor qilish imkoniyati o‘tib ketgan. Men uni yana bir necha yil Kataloniya qolishiga ishonaman. U faoliyatini shu erda tugatishi kerak, - dedi Bartomeu.
Avvalroq, Lionel Messi qishda yoki mavsum yakunlanishi bilan “Manchester siti”ga o‘tib ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar