"Barselona" Messiga ancha kam maosh beradi, ammo...

  • 26 mart, 2023, 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Lionel Messini ortga qaytarish niyatida. 

"Mundo Deportivo" nashri bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi ushbu transferga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqchi va ortiqcha harakatlarni amalga oshirish niyatida emas. 

Hammasi argentinalik futbolchining PSJ bilan shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmasligiga bog‘liq. "Ko‘k-anorranglilar" moliyaviy tomondan boshqa jamoalar bilan bahslasha olmasligini tushunib turibdi. 

"Barselona" ayni vaqtda Leoni qaytarish rejasini tuzmoqda. Klub unga kam maosh taklif qilyapti, ammo bitimda Leoning qaytishidan keladigan daromadning ma’lum foizi futbolchi hisobiga o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!