"Barselona" mazkur futbolchining transferidan voz kechmagan

  • 3 sentabr, 2022, 14:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva transferidan voz kechmagan. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar bermoqda.

Tecno

“Ko‘k-anorranglilar” futbolchini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qildi, biroq ular “shaharliklar” bilan kelisha olishmadi. Kataloniya klubi rahbariyati muzokaralar jarayonini yanvar oyida qayta ko‘rib chiqish niyatida.

28 yoshli yarim himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning transfer qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.

Premer liganing joriy mavsumida Bernardu beshta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!