"Barselona" maslahatchisi: "Hakam "Real" darvozasiga 3 ta penalti belgilamadi"

  • 30 aprel, 18:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati maslahatchisi Enrik Masip "Real"ga qarshi finalda hakam raqiblar darvozasi tomon 3 ta penalti bermaganini haqida gapirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar "qirollik klubi" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, "Copa del Rey" sohibiga aylanishdi.

"Men "Barselona" foydasiga berilishi kerak bo‘lgan 3 ta penaltini ko‘rdim, ammo ular berilmadi.
Chempionatda bunday holatlar VAR orqali ko‘rib chiqilardi. Ammo bu safar hakamlarga shunchalik bosim bo‘ldiki, ular penalti bersa, hamma "Real"ning gaplari rost edi, deyishi mumkin edi",
— dedi "Barselona" prezidenti Joan Laporta maslahatchisi "Radioestadio Noche"  efirida.

"El-Klasiko"dan avval "Real Madrid" klub telekanalida hakam Bengoencheya haqida tanqidiy lavhalar namoyish etilgan edi. O‘yindan keyin ham Real Madrid TV hakamlarni tanqid qilishda davom etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/04/2025 23:11
Oтни Qeтоги экану бу кyнте