"Barselona" "Manchester Yunayted"ning ikki nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 4 oktabr, 2022, 15:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Ispaniya La Ligasi klubiga o‘tishi mumkin.

Tecno

"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" 24 yoshli futbolchiga qiziqishda davom etmoqda. Yozda tomonlar ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishgan, biroq kelishuv yakuniga etmagan. Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Reshfordning Kataloniya klubiga ketishini istamapti, shu bois, u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Shuningdek, manbada yozilishicha, "Barselona" "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogo Dalotga ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘yin uslubi klub rahbariyatiga juda yoqadi. Qolaversa, Xavi ham portugaliyalik futbolchini jamoasida ko‘rishga qarshi emas.

Reshford joriy mavsum ingliz klubi safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!