"Barselona" Malkomni qanchaga sotmoqchi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoa vingeri Malkomni sotib yuborishga tayyor.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 22 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 60 million evroga baholamoqda. Unga "Arsenal", "Tottenxem" va "Everton" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bordo”dan 41 mln evro evaziga soti olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar