
"Barselona" Madridda kambek qildi (video)
Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichida “Barselona” safarda “Rayo Valekano”ga qarshi bahs olib bordi.
Madridda kechgan bellashuvda hisobni mezbonlar ochishdi. 63-daqiqada Fransisko Garsiya kataloniyaliklar darvozasini aniq nishonga oldi. Ammo mezbonlarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan ko‘p o‘tmay Lionel Messi (69') hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuniga qadar Frenki de Yong (80') “Barselona” uchun g‘alaba golini kiritdi. Yakunda 1:2 hisobida “Barselona” g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar