"Barselona" Levandovskiga qancha tovon puli belgiladi? Bu sizni hayron qoldiradi

  • 20 iyul, 2022, 10:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi matbuot xizmati "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgan polshalik hujumchi Robert Levandovski uchun belgilangan tovon puli miqdorini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Levandovskining tovon puli 500 million evroni tashkil qiladi. Hujumchi Kataloniya klubi bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Transfer summasi 50 million evroni tashkil qilgan. Aytish kerakki, ushbu mablag‘ning 5 millioni bonus sifatida to‘lanadi.

33 yoshli Levandovski "Bavariya"da 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Umuman olganda, u o‘tgan davr mobaynida klub uchun barcha musobaqalarda 375 ta o‘yin o‘tkazib, 344 ta gol urgan va 72 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!