“Barselona” kutgan supertransfer barbod bo‘ldi

  • 20 may, 2021, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri klub ho‘jayinlaridan “Liverpul” etakchisi Jorjino Veynaldumni olib kelishni talab qilayotgan edi.

Tecno

Laporta prezident etib saylangach, kataloniyaliklar niderlandiyalik yarim himoyachiga shaxsiy shartnoma ham taklif qildi. Biroq, Kuman ishongan va sabrsizlik bilan kutayotgan transfer barbod bo‘lish arafasida turibdi.

Bunga Kumanning “Barselona”dan iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi sabablar ta’sir qildi. Veynaldum Kuman ketadigan bo‘lsa, “Bavariya” taklifini qabul qiladigan bo‘lyapti.

Bundan tashqari, “Liverpul” ham mahoratli yarim himoyachini uch yillik yangi shartnomaga ko‘ndirishga intilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!