"Barselona" Kristensenning o‘rnini kim bilan to‘ldiradi?

  • 1 sentabr, 2024, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Adreas Kristensen mavsum avvalida og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar himoyani kuchaytirish maqsadida futbolchi qidirmoqda.

Tecno

Hozirda jamoaga olib kelish uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatida erkin agent bo‘lib turgan Mats Hummels, Mario Ermoso va Joel Matip bor. Ko‘plab manbalarining fikricha, daniyalik himoyachi qishda qaytishi kutilmoqda. Andreas La Liganing 1-turida "Valenciya"ga qarshi uchrashuvda 28 daqiqa harakat qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli markaziy himoyachi 3 mavsumda "Barselona" safida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!