
"Barselona" ko‘zlagan futbolchisini sotib ololmasligi mumkin
"Real Sosedad" forvardi Villian Joze katta ehtimol bilan "Barselona"ga o‘tmaydi.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda “Sosedad” 28 yoshli braziliyalik futbolchini 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Ammo, bu narx kataloniyaliklarga ma’qul kelmayapti.
Bundan tashqari “Real Sosedad”ning o‘zi ham Jozeni qo‘yib yubormoqchi emas. Boisi, jamoa ayni damda EChL yo‘llanmasi va Ispaniya kubogi g‘olibligini maqsad qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Villian Joze joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar