
"Barselona" Koutinoning narxini tushirishga tayyor
“Barselona” klubi “Bavariya”da ijarada to‘p surayotgan yarim himoyachisi Filippe Koutinodan hamon qutulish haqida o‘ylamoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Bavariya” braziliyalik futbolchini avval boshida aytilganidek 120 mln evroga sotmoqchi emas. Agar nemis grandi uni to‘liq sotib olishni istasa, kataloniyaliklar Koutinoning narxini tushirishga tayyor. O‘z navbatida Filippe ham Myunxenda qolishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar