"Barselona" Kavani va Jekoning xizmatlarini rad etdi

  • 26 sentabr, 2020, 16:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yaqinda “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan Luis Suares o‘rniga munosib hujumchi izlamoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, bu haqda xabar topgan Edinson Kavani va Edin Jekoning vakillari kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqqan. Ammo tarkibni yoshartirishni rejalashtirayotgan “Barsa” rahbariyati ushbu ikki futbolchiga ham rad javobini bergan.

33 yoshli Kavani ayni damda erkin agent hisoblanadi. 34 yoshli Jeko esa “Roma”da to‘p suryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!