“Barselona” katta transferni uddaladi

  • 14 avgust, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari bosh murabbiy Xavi Ernandes kutayotgan yana bir futbolchini Kataloniyaga olib kelmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu xabarni taniqli insayder Nikolo Skira tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olyapti.

Kanselu o‘tgan yili bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urishib qolganidan klub uni qishki transferlar vaqtida “Bavariya”ga ijaraga berib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!