"Barselona" "Jirona" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 29 dekabr, 2023, 09:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu mavsumda kutilmagan natijalari bilan barchani lol qoldirayotgan "Jirona"ning bir qancha futbolchilariga top klublar qiziqish bildirmoqda. Shulardan biri Alesh Garsiyadir

Tecno

Insayder Jerrard Romero xabar berishicha, ispaniyalik yarim himoyachini "Barselona" qishda o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin. Xavi bu transferga rozilik bergan va tez orada klub rasmiy taklif bilan chiqadi. 

Garsiya "Manchester Siti" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2021 yildan beri "Jirona" safida to‘p tepib keladi. U mazkur mavsumda jamoasi tarkibida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golda ishtirok etdi. 

Ma’lum bo‘lishichaGarsiya transferiga "BarsaPablo Torre yoki Oriol Romeoni ham qo‘shishi mumkin. Futbolchining tovon puli 20 million evrodir. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!