
"Barselona" jahon chempionatiga bormagan futbolchiga xaridor
Ispaniyaning "Barselona" klubi jamoani tark etishga yaqin bo‘lgan Serxio Buskets o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda. Variantlar ichida birinchi navbatda "Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante turibdi.
31 yoshli futbolchining londonliklar bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi va shu bois u yanvardan boshlab jamoalar bilan muzokara olib borishi mumkin. Kantening nomzodi direktorlar kengashi va murabbiylar shtabiga ham mos keladi.
Chunki frantsuz o‘zining yuqori darajasini bir necha marta isbotlagan va Kataloniyaga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Tomonlar dastlabki muzokarani olib bormoqda va futbolchining o‘zi yanvar oyining o‘zidayoq kelishuvga erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Kante jarohati sababli Frantsiya bilan jahon chempionatida ishtirok eta olmadi.
Fikrlar