
"Barselona" inqiroz yoqasida turibdi
"Barselona" klubi rahbariyati futbolchilar bilan maoshlarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. RAC1 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Xosep Mariya Bartomeu klub prezidentligidan ketganidan so‘ng. bu jarayon tezlashgan.
Yuqorida nomi tilga olingan nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" kelgusi yil boshiga qadar maoshlarni 190 mln evroga qisqartirmasa, bankrot yoqasiga kelib qoladi.
Shundan kelib chiqib, jamoa maoshlarni 30 foizga qisqartirishga qaror qildi. Futbolchilar bilan bu borada o‘tkazilayotgan muzokaralar 5 noyabrgacha tugashi kutilmoqda.
May oyida futbolchilar maoshlarining 70 foizga qisqarishiga rozi bo‘lgan edi. Oktyabrda esa, Kleman Langle, Mark-Andre ter Shtegen, Frenki De Yong va Jerar Pike ham maoshi kamayishiga qarshilik bildirmasdan, yangi shartnomani imzoladi.
Fikrlar