
"Barselona" Inestani ortga qaytarishga uringani rostmi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Vissel Kobe"da to‘p surayotgan sobiq yarim himoyachisi Andres Inestani yana jamoaga qaytarishga urunmagan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” umuman yarim himoya chizig‘iga yangi futbolchi olib kelishmoqchi emas. Boisi, ulardan shundoq ham ushbu chiziqda futbolchi etarli.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Inestani ortga qaytarishga uringani, biroq bu borada yapon klubi bilan kelisha olmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” safida 2002-2018 yillarda to‘p surgan. U joriy mavsum “Vissel Kobe” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 31 yanvariga qadar imzolangan.
Fikrlar