
"Barselona" hujumga jahon chempionini olib kelmoqchi
"Barselona" rahbariyati 36 yoshli Robert Levandovskining o‘rnini bosish uchun yangi hujumchi xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, asosiy nomzod – "Atletiko Madrid"da to‘p surayotgan 25 yoshli argentinalik Xulian Alvares. Biroq futbolchining o‘zi "Barselona"ga o‘tish niyatida emas. Alvares bir yil ichida Madrid shahri va jamoasiga to‘liq moslashib ulgurgan va u erdagi roli ortib bormoqda.
Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozirda uning jamoasi chempionatda 66 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar