
"Barselona" hujumchisiga 3 ta APL klubi qiziqmoqda
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres hali ham Angliya Premer-ligasi klublarining diqqat markazida qolmoqda.
25 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" tarkibida asosiy tarkibda muntazam maydonga tushmayotgani sababli Angliyaga qaytishi mumkin. "Transfer News Live" xabar berishicha, ispaniyalik futbolchiga "Tottenxem", "Aston Villa" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ferran Torres bundan avval "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan va 2022 yil boshida "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Joriy mavsumda "Valensiya" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 34 o‘yinda 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali uning transfer qiymatini 28 million evro deb baholamoqda.
Fikrlar