
"Barselona" hujumchisi operatsiya qilindi
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres operatsiya qilingani tufayli, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
AS nashrining xabar qilishicha, Torres appenditsit bo‘lgan va tezkorlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tagan. Shu sababli, hujumchi "Barselona"ning La Ligadagi qolgan uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, uning Millatlar ligasidagi ishtroki so‘roq ostida.
Joriy mavsum Ispaniya chempionatida 25 yoshli futbolchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ldi.
Fikrlar