
"Barselona" hujumchisi Eldorning jamoadoshiga aylanishi mumkin
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” hujumchisi Memfis Depayni Italiya poytaxtiga taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis bundan avval ham niderlandiyalik futbolchini “Roma”ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilib ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Depayning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyida yakuniga etadi. "Roma" esa uni yanvarda ijaraga olib, yozda esa uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqchi.
Memfis Depay JCh-2022 da hozircha 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar