"Barselona" hujumchisi bilan shartnoma bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi

  • 2 mart, 16:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" Rafinya bilan 2030 yilgacha bo‘lgan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri. 
 
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik yulduz bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Rafinya 2030 yilgacha "ko‘k-anorranglilar" safida harakat qiladi. 28 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsada, klub mutasaddilari hujumchini uzoqroq muddat jamoada saqlab qolmoqchi. Shartnoma rasman deb tez kunda e’lon qilinishi kutilmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida, Rafinya joriy mavsum Flik qo‘l ostida 38 ta bellashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda uning Transfermarkt portalidagi narxi 80 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!