
"Barselona" himoyachisini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi
"Barselona" yangi mavsumga himoyachi Jerar Martinni ro‘yxatdan oldi. Tegishli ma’lumotlar Ispaniya La Ligasi rasmiy saytidagi arizalar bo‘limida e’lon qilingan.
Avvalroq, "Barselona" 23 yoshli Martinni moliyaviy qoidalarga mos kelmagani uchun qaydnomaga kirita olmagandi.
Ispaniyalik himoyachi "Barselona"ning asosiy jamoasida 42 ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda Martin o‘z hisobiga bitta gol va sheriklariga oltita assist yozdirib qo‘ydi.
Ispaniya La Ligasining ortda qolgan ikki turida "Barselona" 6 ochko jamg‘ardi. Hozirda Hans-Diter Flik jamoani "Rayo Valekano"ga qarshi safar o‘yiniga tayyorlamoqda. Bahs 31 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar