"Barselona" himoyachisiga "Milan" va APL klublari qiziqish bildirishmoqda

  • 24 iyul, 2019, 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Milan", "Nant" va bir qator ingliz klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Todibo “Barselona” safiga joriy yilning yanvarida 1 mln evro evaziga “Tuluza”dan kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida u “ko‘k-anor ranglilar” safida bor yo‘g‘i 2ta uchrashuvda ishtirok etdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!