
"Barselona" himoyachisi yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda CalcioMercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli frantsuzga "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" klublaridan takliflar bor va u ushbu takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Boisi, “Barselona” yozda uning pozitsiyasiga "Ayaks"dan Mattays de Lixtni sotib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Umtiti mavsumning asosiy qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 10ta o‘yinda ishtirok etdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 70 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar