"Barselona" himoyachisi jamoadan ketishi mumkin

  • 28 yanvar, 2023, 15:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"El Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" himoyachisi Ektor Belerin ispan klubini tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anoranglilar" murabbiyi Xavi Ernandes ispaniyalik futbolchiga ishonmaydi va uning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Belerin o‘tgan yilning sentyabr oyida Londonning "Arsenal" jamoasidan kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi Xavi qo‘l ostida jami 7 ta o‘yin o‘tkazdi.

Belerinning ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisini 15 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!