"Barselona" hamshaharidan futbolchi sotib oldi
Oriol Romeu "Barselona" futbolchisiga aylandi.
Klub "Jirona" bilan 31 yoshli yarim himoyachining transferini kelishib oldi. Futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, tomonlar kerakli hujjatlarni imzolashi kerak.
Avvalroq, "Barselona" Romeu uchun 5-6 million evro va bonuslar to‘lashi xabar qilingandi. Shartnoma doirasida Pablo Torre "Jirona"da bir mavsum ijara asosida harakat qiladi.
Oriol o‘tgan mavsum La Ligada 33 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.



Fikrlar