
"Barselona" ham Errera uchun kurashga qo‘shildi
"Barselona" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera uchun navbatdagi nomzodga aylandi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar mavsum yakunlangach “qizil iblislar” bilan shartnomasi yakuniga etadigan 29 yoshli ispaniyalik futbolchi klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmasa va erkin agentga aylansa, kataloniyaliklar uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Errera uchun shuningdek PSJ va “Arsenal”dan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar