
“Barselona” Grizmanndan voz kechdi
“Barselona” frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmanndan voz kechadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Atletiko”dan kelgan hujumchi jamoaga kirishib keta olmayapti. Uning Lionel Messi bilan munosabatlarida muammo borligi aytilmoqda. Shuningdek, futbolchining oilasi jamoa bosh murabbiyi Kike Setenni jiddiy tanqid qilmoqda.
Jurnalistlarning aniqlashicha, kataloniyaliklar Grizmanni PSJ, “Inter” va “Yuventus”ga taklif qilgan. “Barselona” bu futbolchini Neymar, Lautaro Martines, Duglas Kosta yoki Adrien Raboga almashtirish variantlari bo‘yicha ish boshlagan.
Transfer narxi 120 millionni tashkil qiladigan Antuan Grizmann joriy mavsumda 32 ta o‘yinda 8 ta gol urdi.
Fikrlar