“Barselona” Gavining jarohati sabab pul ishlab oldi

  • 12 oktabr, 2024, 18:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Pablo Gavi o‘tgan yilning noyabr oyiga tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Hozirda futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytishga yaqin turibdi.

Tecno

Gavi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘yinda jarohat olgan va Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" FIFAning klublarni himoya qilish dasturi doirasida olingan jarohatlar uchun jami 6 million evrodan ko‘proq pul oladi. Katoloniyaliklar allaqachon FIFAdan 4,6 million evro olgan, bu esa klubning 2023/2024 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotida aks etgan. Qolgan 1,6 million pul o‘z vaqtida to‘lanadi va 2024/2025 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotga kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!