"Barselona" Gabigolni yana Evropaga qaytarmoqchi

  • 13 yanvar, 2020, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Inter" hujumchisi Gabriel Barbozaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 23 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Barboza ayni damda “Flamengo” safida ijarada to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 25 ta gol urdi. Uning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!