"Barselona" futbolchisiga 48 soat vaqt berdi

  • 27 avgust, 16:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Fermin Lopesni kamida 70 million evroga sotib yubormoqchi.

Tecno

Kataloniya klubi 22 yoshli yarim himoyachini bundan arzonroqqa sotmaydi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo. Qayd etilishicha, "Barsa" futbolchiga "Chelsi" qiziqayotganidan xabardor, ammo londonliklar so‘nggi mish-mishlarga qaramay, hali rasmiy taklif bilan chiqmagan.

"Aristokratlar" futbolchiga jamoasini o‘zgartirishga tayyor yoki tayyor emasligi haqida qaror qabul qilishi uchun 48 soat vaqt berdi. Agar Lopes "Chelsi"ga o‘tishga rozi bo‘lsa, inglizlar "Barselona"ga taklif yuboradi.

Fermin La Liganing o‘tgan mavsumida 28 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!