
"Barselona" futbolchisidan g‘azabda
"Barselona" Superkubok finali oldidan Ronald Arauxo borasida chiqayotgan mish-mishlardan norozi.
Avvalroq, himoyachi klubni tark etmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lib, unga "Yuventus" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqa boshlagandi.
"Marca" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar urugvaylik futbolchini eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri deb hisoblab, uzoq yillar klubda qolishiga ishongan. "Ko‘k-anorranglilar" hozir futbolchining ketishi haqida xabarlar chiqadigan payt emas, deb hisoblashadi.
Jamoa bugun "Real"ga qarshi mavsumdagi ilk sovrini yutish uchun maydonga tushadi va bunday xabarlar jamoani chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun, klub bugungi bellashuv qaydnomasiga o‘yinchini kiritmaslik haqida o‘ylab ko‘radi.
Ma’lumot uchun, himoyachi hali o‘zining kelajagi borasida hech narsa aytmagan. Biroq kataloniyaliklar ushbu munosabatidan, "Yuventus" o‘rtasida muzokaralar norasmiy ketayotganini tasdiqlaydi.
Fikrlar