"Barselona" futbolchisi uchun 6 ta klub kurash boshladi

  • 3 may, 2020, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Oriol Buskets yangi mavsumni yangi jamoada boshlashi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Alaves", "Valyadolid", "Verder", "Gamburg", "Kyoln" va "Maynts" klublari da’vogarlik qilishmoqda. Ammo, jamoa bosh murabbiyi Kike Seten uni mavsumlar oralig‘idagi yig‘inlarda ishtirok etishini xohlamoqda.

Buskets joriy mavsumni “Tvente” safida ijarada o‘tkazdi. U 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!