
"Barselona" futbolchisi Saudiya klublarining taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi
"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoani tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Rojer Torello xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchi "Barselona"da qolishni istamoqda, shu bois u yozda Saudiya Arabistonidan kelgan ikkita taklifni rad etgan. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku hozircha Kristensenga yangi shartnoma taklif qilmagan, biroq yaqin haftalarda buni amalga oshirishi mumkin.
Kristensen 2022 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatining ikkita o‘yinida maydonga tushdi, ammo golli harakatlari bilan ajralib turmadi. Himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar