
"Barselona" futbolchisi muhim qarorni qabul qildi
2022/2023-yilgi mavsum yakunida Serxio Buskets “Barselona”ni tark etadi, deb xabar berdi "Goal.com" nashri.
So‘nggi paytlarda futbolchi o‘z o‘yini uchun muntazam ravishda tanqidlarga uchradi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, tajribali yarim himoyachining o‘yini “Real”, “Inter” va “Bavariya”ga qarshi omadsiz bahslardan so‘ng ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xavi Busketsga ishonishda davom etmoqda, ammo Serxio oldingi saviyasi kabi o‘ynay olmayapti. Shu bois, u mavsum so‘nggida Kataloniyani tark etishi mumkin.
Serxio Buskets butun faoliyatini "Barselona"da o‘tkazadi. Yarim himoyachi jamoa safida 690 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 43 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar