"Barselona" futbolchisi Messini jamoaga qaytishga chaqirdi

  • 15 may, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo hozirda Frantsiyaning PSJ” klubida o‘ynayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messini Kataloniya klubiga qaytishga chaqirdi.

Tecno

Jamoa futbolchisi Aleks Balde chempionlik unvonini nishonlash paytida kiyim almashtirish xonasidan jonli efirda translyatsiya qildi. Unda Arauxo ishtirok etdi va Lionelga yuzlandi: “Messi, kel”.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” kecha safarda “Espanol”ni mag‘lub etdi (4:2) va muddatidan avval La Liganing oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

Messi “ko‘k-anorranglilar” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 35 yoshli argentinalik futbolchi 2005 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan. Hujumchi so‘nggi ikki mavsumni PSJ safida o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!