
"Barselona" futbolchisi hech kimga kerak emasmi?
"Shalke" klubi "Barselona"dan ijaraga olingan himoyachi Jan-Kler Todiboning transferini sotib olmaydi. Bu haqda gelzenkirxenliklar sport direktori Yoxen Shnayder WAZ nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Aytish kerakki, Bundesliga klubida 20 yoshli futbolchini 25 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud edi, ammo ular bu imkoniyatdan foydalanishmadi. Kataloniyaliklar esa yangi futbolchilar sotib olishga pul jamg‘arish uchun Todiboni transferga qo‘ymoqchi.
Todibo mavsumning ikkinchi yarmini “Shalke”da ijarada o‘tkazdi va 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar