"Barselona" futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin

  • 8 dekabr, 16:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Runi Bardji Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

"MOT Leeds News" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Angliyaning "Lids" klubi shvetsiyalik futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bardjining Kataloniya klubida asosiy tarkibdan joy topishi oson bo‘lmayapti va ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. Futbolchi La Liganing oxirgi o‘yinida "Betis"ga qarshi maydonga tushdi va 68-daqiqada almashtirildi. Futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 10 ta uchrashuvda maydonga tushib bitta gol va ikkita golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!