"Barselona" futbolchilari Neymar uchun yo‘qotishlarga ham rozi edi
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike PSJ forvardi Neymarning kataloniyaga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.
Mavsum boshida Kataloniya klubi Neymarni xarid qilish bo‘yicha PSJ bilan muzokaralar o‘tkazgan, biroq tomonlar kelisha olmagan edi.
"Biz klub prezidentiga shartnomamizni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildik. Chunki moliyaviy feyr-pley konun-qoidalari buzilishini bilar edik.
Shuning uchun bir mavsum uchun maoshlarimizni pasaytirishni taklif qildik. Bu Neymar bilan shartnoma imzolash uchun yana bir yo‘l edi. Avvaliga barchasi yaxshi fikrdek tuyuldi, ammo keyin boshqa muammolar chiqdi", - deydi Pike.



Fikrlar