"Barselona" futbolchilari La Liga ro‘yxatida qoladigan bo‘ldi

  • 3 aprel, 21:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning ikki futbolchisi — Dani Olmo va Pau Viktor joriy La Liga mavsumida jamoa ro‘yxatidan chiqarilmaydi. Bu haqda "El Chiringuito TV" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, sud futbolchilar foydasiga qaror chiqargan. Rasman e’lon qilingan bayonot yaqin vaqt ichida chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq La Liga rahbariyati Olmo va Viktorni jamoa ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirgandi. Sabab sifatida "Barselona"ning stadiondagi VIP o‘rinlarni sotish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari ko‘rsatilgandi.

O‘tgan 29 tur natijasiga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 66 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!