
"Barselona" futbolchilar haqidagi bir ma’lumotni yashirishni boshladi
"Barselona" rahbariyati transferlar va shartnomalarni uzaytirish haqida xabar berishga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klub bundan buyon futbolchilarning shartnomalaridagi tovon puli miqdorlarini oshkor etmaydi. Bu usul allaqachon Ronald Arauxo va Jerar Martin bilan shartnomalarni uzaytirishda qo‘llanildi.
Klubning fikricha, bu ma’lumotni bozor bilan baham ko‘rishga hojat yo‘q va manfaatdor tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin. Biroq, bu ma’lumotlar boshqa jamoalar qiziqish bildirgan o‘yinchilarning vakillari orqali oshkor bo‘lishi mumkin.
Fikrlar