"Barselona" Flik qo‘l ostidagi ilk sovrinini yutdi

  • 13 yanvar, 06:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" Ispaniya Superkubogini ajoyib o‘tkazdi. Jamoa dastlab "Atletik"ni taslim etgan bo‘lsa, finalda "Real"ni ayab o‘tirmadi...

Uchrashuvda Kilian Mbappe hisobni ochgandi, lekin Lamin Yamalning javob ko‘p kuttirmadi. Yosh vinger tezkor reydi bilan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Undan keyin esa Robert Levandovski jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Rafinyaning dubli va Alexandro Baldening gollari evaziga hisob 5:1 ko‘rinishiga keldi. Bahsning 56-daqiqasida Voytsex Shensni qizil kartochka olib maydonni tark etdi, oradan 4 daqiqa o‘tib Rodrigo jarima zarbasidan super gol urdi. 

Shu tariqa, "Barsa" 5:2 hisobida zafar quchib, Flik qo‘l ostidagi ilk sovrinni yutdi. Klub 15-bor Ispaniya Superkubogiga ega chiqmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!